Navoiyliklarning sevimli maskani
FOTOREPORTAJ
“Farhod” madaniyat saroyi Navoiy shahrining tom maʼnoda ko‘rki deb aytish mumkin. Saroyning xushmanzara, gulzorga burkangan old maydoni hamisha dam oluvchilar bilan gavjum.
[gallery-12712]
Alisher Navoiy orzu-umidlarining timsoli, shoirning ezgulik, insonparvarlik, millatlararo totuvlik g‘oyalarini tarannum etgan dostoni bosh qahramoni haykali maydonga alohida ulug‘vorlik va ko‘rkamlik bag‘ishlab turibdi. Haykal ostidan otilib chiqib turuvchi favvora shaharda bunyod etilgan ilk favvoralardan hisoblanadi. Bu favvora, ayniqsa, bolajonlarning sevimli maskaniga aylangan.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA