Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiylik yosh sportchilar respublikada birinchi bo‘ldi
11:50 / 2025-07-18

Navoiy shahridagi Yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida umumta’lim maktablari o‘rtasida “Kurash – milliy g‘ururimiz” shiori ostida o‘tkazilgan sportning kurash turi bo‘yicha Respublika bosqichida faol ishtirok etgan sportchilarni kutib olish marosimi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq yosh polvonlar o‘z vazn toifalarida bellashdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, navoiylik yosh polvonlar 3 ta oltin, 2 ta kumush hamda 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Tantanali tadbirda g‘olib sportchilarning yutug‘i alohida e’tirof etilib, ularga minnatdorlik bildirildi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri