Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiylik talabalar va o‘qituvchilar bilan uchrashuv
15:02 / 2022-11-03

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Rahimjon Hakimov Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab institut rektori Bahodir Sobirov hamda profilaktika inspektori Nodir Hayitov bilan institutda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktika tadbirlari, o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari xususida fikr almashildi.  

Vazir o‘rinbosari talabalar turar joyida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va talabalar bilan muloqot qildi. O‘rganishlar davomida talabalarning yashash sharoiti, institut rahbariyati tomonidan ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, xususan, kompyuter xonasi, ma’naviyat va kutubxona hamda oshxonadagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi.  

Muloqotlar jarayonida vazir o‘rinbosari talabalar o‘rtasida kitob tanlovlarni muntazam o‘tkazib borish, yangi-yangi tanlovlar tashkil qilib, talabalar qamrov darajasini yanada oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.  

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek San’atshunoslik fakultetining faol talabalari bilan uchrashdi. Mazkur fakultetning yangi ta’mirdan chiqqan binolarini ko‘zdan kechirib, professor-o‘qituvchilar va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, zamonaviy darsliklar yaratish, dars jarayonlarini zamon talabalaridan kelib chiqqan holda tashkil etish, xususan, yangi, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali talabalarga zarur bilimlarni yetkazish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.  

Talabalar bilan uchrashuvda o‘z kasbidan tashqari hozirgi zamon talab etadigan kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni puxta o‘rganish lozimligi ta’kidlandi. Talabalar bilan o‘zbek, ingliz va rus tillarida suhbatlashildi.  

 

Abduvali Bo‘riyev,

O‘zA