Navoiylik shifokorlar xorijda ovoz berdi
Ayni vaqtda Koreya Respublikasida bo‘lib turgan “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi Tibbiy sanitariya bo‘limi shifokorlari O‘zbekiston Respublikasi elchixonasidagi referendum uchastkasiga borib, ovoz berish jarayonlarida ishtirok etdi.
– Yurtimizdan olisda Vataningda bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish anchayin hayajonli va mas’uliyatli, – deydi “NKMK jamg‘armasi” DM Tibbiy sanitariya bo‘limining Terapiya bo‘limi mudiri, oliy toifali kardiolog Yelena Soy. – Biz ham Janubiy Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘lsakda, referendumda ishtirok etib, konstitutsiyaviy huquqimizdan foydalangan holda ovoz berdik.
A.Bo‘riyev, O‘zA