French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiylik saylovchilarning 30,9 foizi yoshlardan iborat
17:41 / 2021-10-07

Joriy yilning 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida joylarda turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy shahridagi 7532-harbiy qismda bo‘lib o‘tdi.

Harbiy qismda xizmat qilayotgan askarlar ishtirok etgan uchrashuvda “Kelajak liderlari” klubi a’zosi Jasur Shamsiddinov bugungi kunda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish va ularning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, munosib daromad olishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.  

 Ayni paytda mazkur harbiy qismda ham saylov uchastkasi tashkil etilgan bo‘lib, belgilangan talabalarga ko‘ra jihozlangan va ovoz berish uchun shay holatga keltirilgan.   

Tadbirda so‘zga chiqqan yosh askarlar milliy saylov tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikrlarini bildirib, saylov jarayonlari haqida tushunchalar berish, yoshlarning saylov qonunchiligi bo‘yicha bilimini oshirish, joylarda o‘tkaziladigan tadbirlar orqali saylov qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlari va mazmun-mohiyatini tushuntirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.  

 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyatida bu yilgi o‘tkaziladigan saylovda 626 ming 908 nafar saylovchining yagona elektron ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ularning 193 ming 925 nafari yoki qariyb 30,9 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat. 14521 nafar 18 yoshga to‘lgan fuqaro saylovlarda ilk bor ishtirok etadi.  

 

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA