Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiylik qizlar qo‘l to‘pi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
14:51 / 2016-10-03

Navoiyda 2002-2003-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida qo‘l to‘pi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Navoiyda 2002-2003-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida qo‘l to‘pi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, xususan, qizlarni sportga keng jalb etish, buning uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan barpo etilayotgan sport maskanlari bu boradagi ishlarning amaliy ifodasidir.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan jamoalar g‘oliblik uchun bahslashdi.

Finalda navoiylik qizlar jamoasi qoraqalpog‘istonlik raqibalarini 20:17 hisobida mag‘lub etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyati jamoalari sazovor bo‘ldi.