Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiylik qishloq ayollarining bir guruhi viloyat hokimligi tomonidan taqdirlandi
14:14 / 2022-10-15

BMT Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabrda o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingan «Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash to‘g‘risida»gi rezolyutsiyasiga asosan 15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida rasman e’lon qilingan. bugungi kunda mazkur sana dunyoning ko‘plab davlatlari qatorida mamlakatimizda, xususan, Navoiy viloyatida ham keng nishonlanmoqda.

Ayni paytda viloyatimizda 200 mingdan ortiq xotin-qizlar qishloq hududlaridagi mahallalarda istiqomat qiladi. Ularning aksariyati qishloq xo‘jaligining turli sohalarida, tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqa yer maydonidan samarali foydalanish kabi yo‘nalishlarda fidokorona mehnat qilib kelishmoqda.  

Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan joriy yil oktyabr oyi mobaynida viloyatning barcha hududlarida 100 dan ortiq madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etilgan bo‘lsa, ularda 20 ming nafardan ziyod xotin-qizlar qamrab olindi.  

Bu turdagi manzilli dasturlar doirasida viloyatning qishloq hududlaridagi xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan 15 turdagi ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi, xalq xo‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilayotgan 100 nafardan ortiq ayollar hududiy hokimliklar darajasida taqdirlandi. 

Bugun viloyat hokimligida ham navoiylik qishloq ayollarining bir guruhini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i M. Mamadiyarova barchani bayram bilan qutlab, o‘z sohasida faol bo‘lgan xotin-qizlarga viloyat hokimligining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alarini topshirdi, deya xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati.  

 O‘zA