French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiylik g‘allakorlar ulkan xirmon bunyod etdi
12:53 / 2025-07-06

Navoiy viloyati g‘allakorlari joriy garchi ob-havo sharoiti noqulay kechgan bo‘lsada, davlatga don sotish rejasini ortig‘i bilan bajardi.

Joriy yilda viloyatda 867 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 34,3 ming gektarga boshoqli don ekilib, 94 ming 300 tonna hosil yig‘ishtirib olishdi. O‘rtacha hosildorlik esa 81 sentnerni tashkil etdi.

Ta’kidlash o‘rinliki, davlatimiz rahbari boshchiligida qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar, g‘alla yetishtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalardan unumli foydalanish, shu bilan birga yerga bo‘lgan munosabatning tubdan o‘zgarganligi mo‘l hosil yetishtirishga zamin hozirladi.

Dalalarda yetishtirilgan hosilni belgilangan muddatlarda sifatli o‘rib olish maqsadida 114 ta g‘alla o‘rim otryadlari shakllantirildi. O‘rib olingan donni qabul maskanlariga belgilangan muddatlarda yetib borishini ta’minlash maqsadida esa 680 dona yuk tashish avtomobillari, 127 dona traktor tirkamalari biriktirib berildi. Kombaynlarning tunu kun ishlashini ta’minlash, nosozlikni oldini olish maqsadida 16 dona ko‘chma ustaxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 46 dona yoqilg‘i tashish vositalari yordamida yoqilg‘i moylash mahsulotlari fermer xo‘jaliklari maydonlarigacha yetkazib berilishi ta’minlandi.

Viloyatda g‘allachilikda mo‘l hosil yetishtirishda Qiziltepa tumanidagi “Yo‘ldoshota – 2000”, “Qurbon Latif”, “O‘rtacho‘l oq oltin xirmoni”, “Safarobod bog‘i”, “Vang‘ozi Agroeksport”, “Kenagas sardori”, “Qo‘lba paxtakori”, Navbahor tumanidagi “Yangi maysa”, “Yangi davr jilosi”, “Navoiy ko‘hino‘r taraqqiyoti”, “Navbahor taraqqiyot yo‘li”, “Qo‘shrabot sardori”, “Toir qizi Habiba”, “Umr Ro‘zi bobo”, “Og‘abek Ozodbek orzusi”, “Toshkent” kabi fermer xo‘jaliklari 82-90 sentnerdan hosil yig‘ishtirib oldi.  

Ayni kunlarda esa o‘rim-yig‘im ishlari davom etmoqda.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA muxbiri