Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiydagi “Yangi nafas” – ommaviy yugurish musobaqasidan fotoreportaj
13:12 / 2023-11-19

Navoiy shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish, aholining barcha qatlamlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yangicha formatda keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilmoqda.  

Musobaqada umumiy ta’lim va sport maktablarining o‘quvchilari, oliygoh talabalari, keng jamoat vakillari ishtirok etdi. Navoiy shahridagi Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab 3 kilometr masofada tashkil etilgan ommaviy yugurish musobaqasida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.  

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

[gallery-14672]

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA fotomuxbiri