English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda “Yosh kitobxon oila” va “Mushoira” tanlovlari viloyat bosqichi yakunlandi
14:36 / 2022-06-10

Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Yosh kitobxon oila” hamda “Mushoira” tanlovlarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Xalqimiz azal-azaldan kitobni qadrlagan, uni avaylab asragan. Chunki kitob aqlni charxlaydigan, insonni ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan bebaho vositalardan biri hisoblanadi.

bugungi kunda yoshlarda kitobga qiziqish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayniqsa, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri - yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va kitob mutolaasi, intellektual va ijodiy salohiyatini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan tashabbus bu borada olib borilayotgan ishlarning yanada rivojlanishiga xizmat qilyapti.

[gallery-7506]

Prezidentimizning 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tanlovlarning tuman va shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar o‘zaro bellashgan “Yosh kitobxon oila” tanlovida Xatirchi tumanidagi “Koriz arab” mahallasida yashovchi Pardayevlar oilasi viloyat bosqichi g‘olibi, deb topildi.

“Mushoira” tanlovida esa 14-19 yosh toifasida 1-o‘ringa Karmana tumanidan Mahsuma Roziqulova, 20-25 yoshlilar toifasida Nurota tumanidan O‘lmasbek Raimqulov va 26-30 yoshlilar toifasida Uchquduq tumanidan Dilnoza Toshniyozova 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

G‘oliblar tanlovning respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi.

 

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA