Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda yangi o‘quv yili arafasida talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
09:48 / 2025-08-30

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi hamda yangi o‘quv yili arafasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida katta tantana bo‘lib o‘tdi. NDKTU akademik litseyi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan 400 o‘rinli 3-sonli Talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

[gallery-25054]

Tantanali tadbirda ta’lim fidoyilari, tadbirkorlar hamda faollar ishtirok etdi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Q. Sanaqulov barchani bayram bilan samimiy qutlab, mazkur bunyodkorlik namunasi yoshlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning yorqin ko‘rinishi ekanligini ta’kidladi.

Ramziy lenta qirqilib, binoga ilk qadamlar tashlandi. Mehmonlar muassasadagi zamonaviy sharoitlar bilan tanishdi. Tadbir doirasida majmua hovlisiga ezgu niyatlar bilan daraxt ekish marosimi ham o‘tkazildi.

Siroj ASLONOV(surat),O‘zA