French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda “Talaba shou” konsert dasturi o‘tkazildi
09:08 / 2025-11-22

FOTOREPORTAJ

Navoiyda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi bilan Yoshlar ishlar agentligi, Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar viloyat boshqarmasi hamda viloyat madaniyat hamkorligida Xalqaro talabalar kuniga bag‘ishlangan “Talaba shou” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Mazkur shou dastur Talabalar kunining bayramona ruhini yanada oshirish, talabalarning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun unutilmas dam olish muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi.

[gallery-26380]

Konsert dasturida talabalarning o‘zlari tomonidan tayyorlangan qo‘shiq, raqs, sahna ko‘rinishlari hamda turli badiiy chiqishlar va ijtimoiy-ijodiy loyihalar taqdimoti namoyish etildi. Tadbirga taniqli san’atkorlar va ijodkorlar ishtirok etib, talabalar bayramiga alohida ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Tadbir davomida o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, jamiyatdagi faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan yoshlar  esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA