English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda saylov uchastkalari tayyor
18:52 / 2021-10-20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi matbuot markazi tomonidan saylov uchastkalarida saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

OAV vakillari dastlab Navoiy shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida tashkil etilgan 46-saylov uchastkasida bo‘ldi. Mazkur saylov uchastkasida “Vatan” mahallasining Navoiy va “Me’morlar” ko‘chasida istiqomat qiluvchi 2144 nafar saylovchi ovoz beradi. Joriy yilning 14-19 oktyabr kunlari 80 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan.

Press-tur ishtirokchilarining navbatdagi manzili Navoiy shahridagi 5-umumta’lim maktabida joylashgan 6-saylov uchastkasi bo‘ldi. Bu yerda saylovni o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. OAV vakillariga hamrohlik qilgan uchastka saylov komissiyasi raisi Shahnoza Tosheva quyidagilarni gapirib berdi:

– 2021 yilning 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida uchastkamizda 2595 nafar saylovchi ovoz berishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning 360 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Xotin-qizlar 1640 nafarni, birinchi marta ovoz beruvchi yigit-qizlar esa 29 nafarni tashkil etadi. 

Uchastka to‘liq jihozlangan va video-translyatsiya qilish uchun kamera o‘rnatilgan. Shuningdek, bir martalik tibbiy niqob, antiseptik vositalar, komissiya a’zolari uchun himoya vositalari yetkazib berildi. bugungi kunga qadar, ya’ni 19 oktyabr holatiga 65 nafar fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi.

[gallery-4328]

Karmana tumanidagi 21-umumta’lim maktabida joylashgan 64-saylov uchastkasi faoliyati bilan ham tanishildi. Saylovni yuksak saviyada o‘tkazish maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Press-tur ishtirokchilari Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da joylashgan 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishgach, ular uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Okrug saylov komissiyasi raisi Normurod Isoqov shu kunga qadar joylardagi saylov uchastkalarida amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, viloyatdagi mavjud 411 ta saylov uchastkasining barchasi to‘liq jihozlangan bo‘lib, ularning har biriga 2 donadan kompyuter jamlanmasi va 1 donadan printer uskunasi yetkazib berilgan.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan viloyatdagi mavjud 11 ta shahar va tumandan bittadan uchastka saylov komissiyasi tanlab olinib, onlayn vidoyekuzatuv tizimi joriy etilgan. Natijada uchastkadagi saylov bilan bog‘liq jarayonlarni bevosita kuzatish imkoniyati bor. Ahamiyatlisi, ushbu jarayonlarni butun dunyoga translyatsiya qilish mumkin.

Hozirda barcha saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni bugun to‘xtatiladi.

Okrug saylov komissiyasi raisining bergan ma’lumotiga ko‘ra, saylov pandemiya sharoitiga to‘g‘ri kelganligi sababli barcha uchastkalarga bir martalik tibbiy niqob, antiseptik vositalar, komissiya a’zolari uchun himoya vositalari yetkazib berilgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan atroflicha javob oldi.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA