Navoiyda qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi
Navoiy shahrida qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston, Rossiya va Moldovaning professional sportchilari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Navoiy shahrida qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston, Rossiya va Moldovaning professional sportchilari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.75 kilogramm vazn toifasidagi bahsda buxorolik Jahongir Jumayev rossiyalik Maksim Yefremenkoni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, vazni 85 kilogramm bo‘lgan toshkentlik Behzod Nurmatov moldovalik Denis Tomuzni yengdi. Toshkent viloyati vakili Ilyos Raimov (90 kg) moldovalik Aleksandr Lyax ustidan zafar quchdi.