Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda “O‘zbekiston yoshlar forumi - 2021” oyligi yakunlandi
13:09 / 2021-12-25

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida “O‘zbekiston yoshlar forumi - 2021” oyligi doirasida o‘tkazilgan loyihalar yakuniga bag‘ishlangan festival o‘tkazildi.

Unda barcha tuman va shaharlarda o‘tkazilgan loyihalarda faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar qatnashdi.

Ta’kidlash o‘rinliki, Forum doirasida “Yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish”, “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, intellektual salohiyatli faol va tashabbuskor yoshlarni tarbiyalash”, “Yoshlar o‘rtasida ilm-fanni yanada rivojlantirish, ularni IT va xorijiy tillarni o‘rganishdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash”, “Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish orqali yuksak madaniyatli va vatanparvar yoshlar harakatlarini tashkil etish” hamda “Yoshlarning muammolarini hal etishga qaratilgan uchrashuv va ochiq muloqotlar tashkil etish” kabi 5 ta yo‘nalishda 60 dan ortiq turli loyiha va tadbirlar o‘tkazildi.

[gallery-5219]

Oylik doirasida barcha shahar-tumanlarda loyihalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, tadbirlar asosan mahallalarda sektorlar kesimida o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Forumning so‘ngi kunida Qiziltepa tumanida namunaviy tarzda loyihalar yakuni bo‘yicha tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, yoshlarni harbiy vatanparlik, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy xizmatchilar chiqishlari, otliqlar va texnikalar harakati hamda qurol-yaroqlar ko‘rgazmasi orqali “Harbiy parad” tashkil etildi. Uyushmagan yoshlardan tashkil etilgan 12 ta jamoa ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilib, bilimdon yoshlar saralandi.

Yoshlarni musiqa va san’at, sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Estrada”, “Maqom”, “Raqs”, “Teatr”, “Mini futbol”, “Suzish” bo‘yicha tanlov va musobaqalar o‘tkazildi. Barcha hududlarda o‘tkazilgan loyihalarda faol ishtirok etgan yoshlar munosib rag‘batlantirildi.

Yakuniy konsertda tuman va shaharlarda o‘tkazilgan tanlov va musobaqalarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan yoshlar va guruhlar munosib taqdirlandi.

Festival so‘ngida esa an’anaga ko‘ra, mushakbozlik uyushtirildi.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Arslonov (foto), O‘zA