Navoiyda o‘qituvchilar tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi
Navoiy viloyati xalq ta’limi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmalarining umumta’lim maktablarida faoliyat yurituvchi pedagog va ishchi xodimlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida qo‘shma qarori qabul qilindi.
Endilikda pedagog va ishchi xodimlar maktab direktorlari bilan birgalikda koronavirusga qarshi to‘liq emlanadi va bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining belgilangan vaqtda ish joyida bo‘lishi qat’iy nazoratga olinadi. Ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining ishlash samaradorligini ta’minlash uchun tabellarni hamkorlikda yuritish bo‘yicha qo‘shma kelishuv tashkil etiladi.
Shuningdek, maktablardagi tibbiyot xonalari birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ishlatiladigan dori-darmonlar va zaruriy tibbiy anjomlar bilan to‘liq ta’minlanadi.
O‘zA