Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda olti oyda mingdan ortiq traktorchi-mashinist guvohnomasi berildi
19:07 / 2021-07-24

Qishloq ho‘jaligi sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar oziq-ovqat xavfsizligi, xalq dasturxoni va bozorlarimiz to‘kinligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bunda qishloq xo‘jaligi texnikalarining o‘rni muhim.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan Prezidentimizning 2019 yil 15 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yilning birinchi yarim yilligi davomida 253 ta nazorat tadbiri o‘tkazilib, ularda 274 ta qonunbuzilish holati aniqlangan.  

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida konunbuzilishlarning oldini olish maqsadida korxona va tashkilotlarga 3 ta taqdimnoma, 10 ta yozma ko‘rsatma berilib, 261 ta holatda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 11 ta ma’muriy bayonnoma qonuniy qaror qabul qilish uchun sudlarga yuborildi. Bundan tashqari, 567 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarga qonun buzilishining oldini olish maqsadida ogohlantirishlar berildi.

– Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik ko‘rikdan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilangan, – deydi “O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Zulfiya Boboyeva. – Qarorga ko‘ra, 874 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari hamda agregatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlanib, ushbu texnikalarga 596 dona davlat raqam belgilari berildi. Shu bilan birga 2 511 dona yangi namunadagi texnik pasport berilib, navbatdagi texnik ko‘rik vaqtida 1861 dona eski namunadagi texnik pasportlar almashtirildi.

Shuningdek, 623 dona qishloq xo‘jaligi agregatlariga ham yangi namunadagi texnik guvohnomalar berilib, 217 donasi yangidan, 390 donasining esa texnik ko‘rik vaqtida eski namunadagi texnik guvohnomalar almashtirilishi ta’minlandi.

– Joriy yilning 6 oyi mobaynida jami 390 dona, shundan 256 ta qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari va 134 dona qishloq xo‘jalik agregatlari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan chiqarildi, – deydi “O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi bosh inspektori Behzod Bozorov. – Bundan tashqari, o‘tgan olti oy davomida viloyatda mavjud 13 075 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari hamda agregatlarning 4 351 donasi texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Ayni paytda texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga, fuqarolarning murojaatlariga asosan 1 281 dona traktorchi-mashinist guvohnomasi berildi. Shundan 321 tasi imtihonlar asosida berilgan bo‘lsa, 901 tasida fuqarolarning eski namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomalari yangi namunalarga almashtirildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, bugungi kunda “O‘zagrolizing” AJ Navoiy filiali tomonidan 239 dona turli rusumdagi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, qishloq xo‘jalik agregatlari fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilgan. Inspeksiya viloyat boshqarmasi tomonidan ushbu texnikalarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA