French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda obod qishloqlar soni yana bittaga ko‘paydi
08:10 / 2021-09-29

“Obod qishloq” dasturi amalda

Istiqlol yillarida yurtimizda barcha sohalarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgarib, bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilda birgina Navoiy viloyati Nurota tumanidagi 2 ta – Temirqovuq va Qizilcha qishloqlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

bugungi kunda Qizilcha qishlog‘ida 918 ta xonadon mavjud bo‘lib, dastur doirasida aholi xonadonlarini tartibga keltirish, kommunikatsiya tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish va ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Shuningdek, 25 ta xonadonning uy tom qismi shifer qilindi. Madaniyat markazi binosi, qishloq vrachlik punkti, 2 ta zamonaviy bekat yangidan qurilgan bo‘lsa, Xotira maydoni, 22-umumta’lim maktabi binosi, bolalar va o‘smirlar sport maktabida to‘liq kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Hududda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida mavjud xizmat ko‘rsatish va savdo ob’ektlari zamonaviy arxitektura, qurilish talablari asosida mukammal ta’mirlanib, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida 100 o‘rinli tikuvchilik korxonasi hamda 5 ta yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ekti barpo etildi.

Qishloqda mavjud turar va noturar joy ob’ektlarining barchasi to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, kadastrlar palatasi tomonidan mazkur ob’ektlarning kadastr hujjatlari tayyorlanmoqda.

“Obod qishloq” Davlat dasturi doirasida tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan qishloqdagi 32 km. ichki yo‘llariga shag‘al tashlandi, 3 km. yo‘lga asfalt yotqizildi va 1 km. uzunlikda piyodalar yo‘lagi qurib bitkazildi. Qariyb 3 km. avtomobil yo‘llari hududiga tungi yoritkich chiroqlari o‘rnatildi.

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qishloq aholisining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 400 ga yaqin yangi beton tayanchlar o‘rnatilib, 11 km. elektr tarmoqlari rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, 3 dona yangi trasformator o‘rnatilib, mavjud 3 ta transformator joriy ta’mirlandi.

Ayni paytda hududdagi aholining ichimlik suviga bo‘lgan talab va ehtiyojini to‘laqonli qondirish maqsadida 26 km. uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlarini yangidan qurish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun umumiy hisobda qariyb 25 milliard so‘m, shundan, byudjet va maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan 21 milliard so‘m, homiylar va ijrochilar mablag‘lari hisobidan 4 milliard so‘m mablag‘lar o‘zlashtirildi.

Bugun esa Qizilcha qishlog‘i obod va ko‘rkam qishloqqa aylanib, bu yerda istiqomat qiluvchi aholiga qator qulayliklar yaratildi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA