Navoiyda oʻtgan sayyor qabulda fuqarolar muammolari oʻz yechimini topdi
Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulni oʻtkazdi.
Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulni oʻtkazdi.
Navoiy shahri, Karmana va Navbahor tumanlaridan kelgan 60 nafardan ortiq fuqaro oʻzini qiynab kelayotgan turli masalalar yuzasidan viloyat hokimi bilan yuzma-yuz muloqot qildilar.
Tegishli shahar va tumanlar hokimlari hamda viloyat miqyosidagi davlat tashkilotlarining mutasaddilar ishtirokida tashkil etilgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kredit, ish bilan taʼminlash, tibbiy koʻmak hamda oliy taʼlimda oʻqish uchun shartnoma pullarini toʻlashda yordam kabi masalalar boʻyicha 40 dan ortiq murojaatlar bildirildi.
Muloqotlar davomida fuqarolar murojaatlarining aksariyati joyida oʻz yechimini topdi yoki tegishli tartibda koʻrib chiqish uchun mutasaddilarga yoʻnaltirildi.