French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda muddatli harbiy xizmatchilarga imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi
15:21 / 2024-03-19

Markaziy harbiy okrugining Navoiy garnizonida Vatan oldidagi yigitlik burchini o‘tab, muddatli harbiy xizmatni yakunlagan askarlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball beradigan harbiy qism qo‘mondonligining imtiyozli tavsiyanomalarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yigitlarni uylariga kuzatish arafasida tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘z xizmat majburiyatlarini sidqidildan bajargan askarlarga omad tiladilar. Muddatli harbiy xizmatchilar respublika, Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab sport musobaqalarida, xotira turnir va chempionatlarda harbiy okrug sharafini munosib himoya qilib, hududdagi yoshlarga namuna bo‘lganini e’tirof etishdi.

[gallery-16497]

Tantana davomida 272 nafar muddatli harbiy xizmatchiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball beradigan harbiy qism qo‘mondonligining imtiyozli tavsiyanomasi topshirildi. Shuningdek, yuzlab askarlarning ota-onalariga harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligining tashakkurnomasi hamda faxriy yorliqlar berildi.

 

Siroj ASLONOV(surat),O‘zA