Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi
11:46 / 2019-01-23

Avval xabar berganimizdek, bugun Navoiy shahridagi NKMK sport majmuasida kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionati musobaqalariga start berildi.


Avval xabar berganimizdek, bugun Navoiy shahridagi NKMK sport majmuasida kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionati musobaqalariga start berildi.

Jami 15ta vazn toifasida tashkil etilayotgan bellashuvlarda respublikamizning barcha hududlaridan 800 nafarga yaqin polvon gʻoliblik uchun gilamga tushishadi. Bugun erkaklar oʻrtasida 60 va 66 kilogacha, ayollar orasida 48, 52 hamda 57 kilogacha boʻlgan vazn toifalarida Oʻzbekiston chempionlari aniqlanadi.

Ertaga polvonlarimiz 6ta vazn (erkaklar va ayollar uchtadan vaznda) toifasida gilamga tushishsa, 25 yanvar kuni yana toʻrt vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu musobaqa mamlakat terma jamoalariga eng munosib nomzodlarni saralab olishga xizmat qiladi.

photo5350643689145346630.jpg

photo5350643689145346632.jpg

photo5350643689145346634.jpg

photo5350643689145346639.jpg

photo5350643689145346642.jpg