French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi oʻtkazilmoqda
12:49 / 2020-10-21

Oylik doirasida tizim xodimlari tomonidan mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirokida kunlik yoʻriqnomalar tashkil etildi.


Navoiyda Ichki ishlar organlarida jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ish faoliyati samaradorligini yana-da oshirish maqsadida 15-oktyabrdan 15-noyabrga qadar “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish oyligi” boʻlib oʻtmoqda.

Oylik doirasida tizim xodimlari tomonidan mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirokida kunlik yoʻriqnomalar tashkil etildi. Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

photo_2020-10-21_13-03-35 (2).jpg

photo_2020-10-21_13-03-35.jpg

Fuqarolarga karantin talablariga toʻliq rioya etishlari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari olib borilib, aholi orasida koʻp nusxada koʻrgazmali bukletlar koʻcha-kuyda, jamoat joylarida, shuningdek, bozorlar, savdo doʻkonlari va xizmat koʻrsatish obyektlariga tarqatilmoqda.

– Shu bilan birgalikda Navoiy shahar hududida bemaqsad yurgan va aniq turar joyiga ega boʻlmagan shaxslar bilan ishlash guruhi tomonidan tadbirlar oʻtkazilib, tashkil etilgan “Filtr guruhi”ga olib kelinmoqda, – deydi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Oʻktam Usmonov. – Bu yerda ularning shaxsiga va yashash manzillariga aniqlik kiritilib, shaxsi maʼlum boʻlmagan va shahar hududida aniq yashash manziliga ega boʻlmagan fuqarolarni reabilitatsiya markazlariga joylashtirish choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, Navoiy shahar hududida karantin talablariga amal qilmasdan noqonuniy ravishda avtotransport vositalarida odam tashish bilan shugʻullanuvchilarni aniqlash guruhi tomonidan reyd tadbirlari tashkil etilib, oʻrnatilgan qoidalarga rioya qilmagan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik masalalari koʻrildi.

photo_2020-10-21_13-03-36.jpg

Mazkur jarayonda soha vakillarining kunlik ishlari umumlashtirilib, nazoratga olingan va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.