Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda ham “Prezident archasi” nishonlandi
20:34 / 2022-12-29

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “Prezident archasi” yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Har bir bayram bolalar bilan totli. Ularning xursandchiligi baxtimiz, ularning quvonchi quvonchimizdir. Yangi yil bayrami arafasida esa jajji bolajonlar ko‘ngliga quvonch ulashib, davlatimiz g‘amxo‘rligining ifodasi sifatida “Prezident sovg‘asi” tortiq qilinadi. 

Bayram tadbirida viloyat shahar va tumanlaridan 200 nafar oilaviy bolalar uylari va Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan o‘g‘il-qizlar va Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimiz osoyishtaligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari farzandlari ishtirok etdi.

[gallery-10127]

Viloyat hokimi Normat Tursunov bolajonlarni kirib kelayotgan 2023 yil bilan muborakbod etib, yurtimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib, davlatimiz tomonidan ularning har tomonlama yetuk insonlar bo‘lib tarbiyalanishlari uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilayotganini ta’kidladi.  

Tadbirda davlatimiz rahbarining bolalarga yo‘llagan Yangi yil bayrami tabrigi, shirinliklar, 3 turdagi o‘quv qurollari, elektron kitob, termos va shaxmat kabi jihozlardan iborat “Prezident sovg‘asi” topshirildi.

Bezatilgan archa atrofida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokida teatrlashtirilgan tomoshalar bolajonlar quvonchiga quvonch qo‘shdi.  

Tomoshalar jarayonida bolajonlar ham she’rlar aytib, sho‘x qo‘shiqlarga raqs tushdi.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA