Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda gaz ta’minoti ikki bosqichli tizimga o‘tkazilmoqda
09:51 / 2022-03-03

bugungi kunda tabiiy gaz ta’minotida joriy etilgan yangi avtomatlashtirilgan tizimga asosan, “aqlli” hisoblagichlar to‘liq o‘rnatib bo‘lingan hududlarda gaz ta’minoti ikki bosqichli tizimga o‘tkazilmoqda.

Bunda gaz taqsimlash qurilmalari olinib, ularning vazifasini zamonaviy hisobdonlardagi maromlash qurilmalari bajaryapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda viloyat bo‘yicha 29 ta mahalladagi 617 ta gaz taqsimlash qurilmasi demontaj qilinib, mazkur mahallalarning gaz ta’minoti to‘liq ikki bosqichli tizimga o‘tkazilgan.

– Bu tizimning ahamiyati shundaki, hisoblagichdagi maxsus qurilma gaz bosimini avtomatik ravishda nazorat qiladi, – deydi "Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali mas’ul xodimi Jaynar Abdullayev. – Shuningdek, hududlardagi gaz maromlash punktlarini joriy ko‘rikdan o‘tkazish, xavfsizligini ta’minlash, bo‘yoqlash kabi tadbirlarning olib borilmasligi evaziga ish unumdorligi va samaradorlik oshadi. Tejab qolingan vaqt, mablag‘larni esa tizimni rivojlantirish va boshqa maqsadlarga yo‘naltirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Joriy yilda ham zamonaviy hisobdonlar o‘rnatib bo‘lingan mahallalarda gaz taqsimlash punktlarini demontaj qilish va gaz ta’minotini ikki bosqichliga o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Jumladan, o‘tgan ikki oyda G‘ozg‘on shahrida 4 ta, Xatirchida 5 ta, Navbahorda 15 ta, Qiziltepada 34 ta va Karmana tumanida 50 ta, jami 108 ta qurilma demontaj qilib olindi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA