French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda davlat xizmatlari markazlari aholiga 200 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatgan
10:51 / 2022-08-20

Adliya organlari tomonidan qonun ustuvorligi, fuqarolarning huquq va manfaatlari himoyasi borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Navoiy viloyati Adliya boshqarmasida o‘tkazilgan uchrashuvda shu haqda so‘z yuritildi.

Unda tizimdagi ochiqlik, shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, yolg‘on va turli axborot xurujlariga qarshi kurashish, huquqiy manbalar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari haqida fikrlashildi.

So‘ng OAV vakillari va blogerlar uchun Navoiy shahar va Karmana tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markaziga press-tur tashkil etilib, unda davlat xizmatlarida joriy etilgan tartiblar, fuqarolar uchun yaratilgan qulaylik haqida ma’lumot berildi.

– Navoiy viloyatida ayni paytda 11 ta davlat xizmatlari markazi va 9 ta filial faoliyat yuritib, ular bugun fuqarolarning chin ma’nodagi ko‘makchisiga aylandi, – deydi viloyat Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Dildora Kattayeva. – Aholi markazlar ko‘magida 170 dan ortiq xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Joriy yilning shu davriga qadar markazlar tomonidan 200 mingdan ortiq xizmatlar ko‘rsatilib, davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 4437 tani tashkil etmoqda. Bunda, ayniqsa, qo‘shma korxonalar sonining ortayotgani alohida ahamiyatga ega bo‘lib, hududda qulay biznes muhiti yaratilayotganidan darak. Hozirda viloyatdagi mavjud xorijiy korxonalar soni 213 tani tashkil etmoqda.

Press-tur davomida viloyat yuridik texnikumi faoliyati bilan ham tanishildi.

Tadbirda vazirlik tomonidan tayyorlangan “Raqamlashtirish davrida media va feyk xabarlar: huquqiy va axloqiy omillar” nomli qo‘llanma taqdimoti ham o‘tkazildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA