Navoiyda birinchi qor yog‘di
Tuni bilan mayin-mayin yoqqan qor, erta tongda butun shaharni oppoq rangga kiritdi. Navoiyliklar ushbu qorni anchadan buyon kutishmoqda edi.
Shu bois men ham erta tongda kutayotganlarning bittasi bo‘lib, fotoapparatimni bo‘ynimga ilgancha ko‘cha tomon oshiqdim.
[gallery-433]
Shaharning har tomonida nafaqat bolalar balki, kattalarning ham qorbo‘ron o‘ynayotganini ko‘rib xursand bo‘ldim. Taqdim etilayotgan fotosuratlarda ozmuncha ularni tasvirlashga harakat qildim.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA