Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda birinchi marta port-sistema tizimi o‘rnatildi
12:50 / 2025-06-24

Bemorlarga uzoq muddatli davolash jarayonida qulaylik yaratish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filialida birinchi marta port-sistema tizimidan foydalanila boshlandi.

Bu yangi texnologiya orqali bemorlar kimyoterapiya, qon va plazma quyish, parenteral oziqlantirish hamda infuzion davolash muolajalarini yengil va samarali qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi.

– Kimyoterapiya kurslari davomida doimiy ravishda tomir orqali dori vositalarini yuborish talab etiladi, – deydi anesteziolog-reanimatolog va onkolog Umidjon Umarov. – Vaqt o‘tishi bilan bu holat tomirlarning atrofiyaga uchrashiga va muolaja jarayonida bemor uchun noqulaylik tug‘ilishiga olib keladi. Port sistema o‘rnatilganidan so‘ng bu muammolarning oldi olinadi. Barcha infuzion muolajalar bevosita port orqali amalga oshiriladi. Natijada bemorning og‘riqsiz, xavfsiz va qulay davolanishi uchun sharoit yaratiladi.

Port tizimidan 5 yildan 7 yilgacha foydalanish mumkin, bu esa uzoq muddatli davolash kurslarida juda katta afzallik hisoblanadi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri