Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda 69 ming 44 fuqaro koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi
14:51 / 2021-06-09

Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu jarayon Navoiy viloyatida ham uyushqoqlik bilan tashkil etilgan. Jumladan, Hindistonning “COVISHEILD” vaksinasidan 21 ming 900, “ZF-UZ-VAC2001» vaksinasidan 102 ming 400, «Sputnik-V” vaksinasidan esa 3 ming 300 doza olib kelingan.

Viloyatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlari joriy yilning 1 aprelidan boshlanib, bugungi kunda viloyatning 12 ta hududida tashkil qilingan 130 ta emlash punktida o‘tkazilmoqda.

Mavsum boshidan buyon 69 ming 44 fuqaro emlandi, shundan 42 ming 78 nafar fuqaroda 1-tur, ularning orasidan 26 ming 679 nafari 2-tur emlash dozasini olgan.

– Viloyatga ajratilgan 21 900 doza “COVISHEILD” vaksinasidan hozirgi kungacha 10 ming 226 nafar aholi 2 marotaba emlanib, emlash kursini to‘liq tugatdi, – deydi Navoiy viloyat SEO va JS boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Zafar Azimov. – “ZF-UZ-VAK2001» koronavirus vaksinasi bilan 34 ming 133 nafar fuqaro 3 marotaba emlanishi kerak edi. Shundan 30 ming 256 nafari 1-tur dozasini olgan, ularning orasidan 16 ming 205 nafari 2-tur dozasi, 287 nafari esa 3-tur dozasini olib, emlash kursini tugatgan.

Viloyatga ajratilgan 3 ming 300 doza «Sputnik-V” vaksinasi bilan 1-tur dozani 928 nafar fuqaro, shulardan 248 nafari esa 2-tur dozasini olib bo‘ldi.

Shu kunga qadar 69 ming 44 nafar emlash jarayonlari o‘tkazilgan fuqaroning 18 ming 588 nafari 65 yoshdan oshgan, 19 ming 947 nafari esa tibbiyot xodimlari, 8 ming 603 nafari surunkali kasalliklar bilan og‘riganlar, 12 ming 534 nafari xalq ta’limi tizimi xodimlari, 4 ming 490 nafari maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, 4 ming 723 nafari esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bo‘lsa, qolgan 159 nafari chet davlatlardan tashrif buyurgan talabalar va bolalar oromgohlarida faoliyat olib boruvchi tarbiyachilardir.

bugungi kunda viloyatda «Sputnik-V” vaksinasidan 1 tur uchun 1472 doza, 2 tur uchun 652 doza, “ZF-UZ-VAS2001» vaksinasidan esa 55000 doza zaxira mavjud.

 

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA