Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda 651 ta ob’ekt aholiga ham, davlatga ham foyda keltirmayapti
15:48 / 2021-02-06

Navoiyda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi viloyat hududiy boshqarmasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda hududiy boshqarma boshlig‘i Akmal Sharipov o‘tkazilayotgan xatlov natijasida bo‘sh turgan ob’ektlarni aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Prezidentimizning 2020 yil 1 iyuldagi «Bo‘sh turgan davlat ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili qilindi.

Viloyatdagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha noturar ob’ektlar bo‘yicha yalpi xatlov ishlari olib borilmoqda. bugungi kunga qadar jami 7 131ta ob’ekt o‘rganilib, 651ta ob’ekt bo‘sh turganligi va samarasiz foydalanilayotganligi ma’lum bo‘ldi. Natijada bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida, 2020 yilning 19 oktyabrida «Viloyatdagi bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari va foydalanilmayotgan yer maydonlaridan kelgusida samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» viloyat hokimining qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, viloyat hududida joylashgan ijtimoiy soha muassasalarining bo‘sh turgan 27ta davlat mulki ob’ektlari va yer maydonlari kelgusida samarali foydalanish maqsadida tuman(shahar) hokimliklari balansiga o‘tkazildi.

Vazirlik va idoralar tasarrufidagi 41ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ekti 82ta lotlarga bo‘lingan holda "E-ijro auksion" elektron savdo maydonchasi orqali ijaraga berish uchun auksionga chiqarildi.

Bir necha yillardan buyon foydalanilmayotganligi va qarovsiz holga kelgan yaroqsiz 7ta davlat mulki ob’ektini vakolatli tashkilot xulosasiga asosan buzilishi va buzishdan bo‘shagan yer maydonlarini mahalliy hokimliklar zaxirasiga olib, o‘rnatilgan tartibda tadbirkorlik sub’ektlariga sotish kabi vazifalar amalga oshirilishi belgilangan.

Bo‘sh turgan nodavlat sektorga tegishli ob’ektlardan samarali foydalanish va tezkor xo‘jalik faoliyatiga jalb etish yuzasidan viloyatda 2020 yil davomida jami 835ta xususiy mulk ob’ektlariga nisbatan 9,1 mlrd. so‘m oshirilgan soliq stavkalari qo‘llanilib, 596 million so‘m undirildi. Buning natijasida 341ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati tiklanishiga erishildi.

Viloyatda 1043ta ijtimoiy soha ob’ekti xatlovdan o‘tkazilib, shundan 51tasida 28 gektar ortiqcha yer maydoni aniqlanib, tuman hokimliklari zaxirasiga olish va tadbirkorlik sub’ektlariga sotish bo‘yicha mahalliy hokimiyatlar qarori qabul qilindi.

Shuningdek, davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan ob’ektlarni "E-ijro auksion" yagona elektron-onlayn savdo maydonchasi orqali ijaraga berish bo‘yicha 2020 yil mobaynida viloyat hududida mavjud bo‘sh turgan noturar joylarni aniqlash maqsadida xatlovlar o‘tkazildi. Jumladan, 796 tasi tadbirkorlarga maqsadli ijaraga berildi, 71ta ob’ektni esa ijaraga berish maqsadida belgilangan tartibda e’lon berilgan. Ijaraga berilgan davlat mulklaridan 2 milliard 416 million so‘m mablag‘ tushirildi.

Matbuot anjumanida hududiy boshqarma tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar haqida ham ma’lumot berilib, OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

[gallery-1043]

Abduvali Bo‘riyev,

Siroj Aslonov (surat),

O‘zA