Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda 59 nafar mahkumga insonparvarlik dalolatnomalari qoʻllanildi
16:40 / 2020-08-16

Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudining raisi Sh.Mamirov tomonidan jazo muddatini oʻtayotgan 59 nafar mahkumga insonparvarlik dalolatnomalari qoʻllanildi.


Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudining raisi Sh.Mamirov tomonidan jazo muddatini oʻtayotgan 59 nafar mahkumga insonparvarlik dalolatnomalari qoʻllanildi.

Jumladan, jazo muddatini oʻtayotgan 11 nafar mahkumning oʻtab turgan ozodlikdan mahrum qilish jazosidan muddatidan ilgari shartli ozod etildi va 4 nafar mahkumning ozodlikdan mahrum qilish jazosini yengilroq jazoga almashtirildi. Shu tariqa jazo muddatini oʻtayotgan 15 nafar mahkum oilasi bagʻriga qaytarilib, yaqinlashib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayramini oilasi bilan kutib olish imkoniyatiga ega boʻldi. Shuningdek, 44 nafar mahkum yengil tartibli koloniyaga oʻtkazildi.

Bundan tashqari, jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudining raisi Sh.Mamirov tomonidan mahkumlarni axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun, ularning maʼnaviyatini, maʼrifatini boyitish maqsadida hamda jamiyatda oʻz oʻrnini topib ketishlari uchun bir nechta mavzularda keng qamrovli seminar yigʻilishini oʻtkazdi.