Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda 5 kunlik media forum bo‘lib o‘tdi
19:21 / 2022-03-30

FOTOREPORTAJ

Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida tashkil etilgan “Milliy jurnalistika: an’analar davomiyligi va zamonaviylik” mavzusida 5 kunlik respublika media forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan gazeta, televideniye va internet jurnalistikasi sohasida faoliyat yuritayotgan 100 nafarga yaqin ijodkor ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilari “Farhod” madaniyat saroyida joylashgan “NKMK tarixi muzeyi”da bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

[gallery-6370]

5 kun davom etgan forum doirasida OAV vakillari uchun Karmana tumanidagi Qosim Shayx va Dehgaroniy yodgorliklariga, Nurota tumanidagi “Chashma” tarixiy majmuasiga sayohat uyushtirildi.

Forum ishtirokchilari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 7-gidrometallurgiya zavodi va “Muruntov” koniga ham tashrif buyurdi.

Forum kunlari viloyatda faoliyat yuritayotgan 9 ta tuman gazetalari tahririyatlariga “YURIDA-ORFO” kompyuter dasturini bepul o‘rnatish uchun sertifikatlar va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasiga Navoiy viloyatidan qabul qilingan yangi a’zolarga guvohnomalar topshirildi.

Shuningdek, forum doirasida tadbir ishtirokchilari va navoiylik yosh ijodkorlar uchun bir qator markaziy nashrlar bosh muharrirlari, ustoz jurnalistlar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA