Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda 2 ming 127 gektar maydonda toʻqsonbosti ekin ekiladi
19:34 / 2020-09-15

Oʻzini haqiqiy dehqon sanagan kishi bahorda moʻl hosil olish maqsadida oʻz harakatini kuzning ilk kunlaridanoq boshlab yuboradi. Bu davrda ekilgan ekinlar ularning tilida “toʻqsonbosti” deyiladi.


Oʻzini haqiqiy dehqon sanagan kishi bahorda moʻl hosil olish maqsadida oʻz harakatini kuzning ilk kunlaridanoq boshlab yuboradi. Bu davrda ekilgan ekinlar ularning tilida “toʻqsonbosti” deyiladi.

Kuzda ekilgan ekin qor ostida qolib, tuklaydi. Keyingi yillarda boshqa hududlarda boʻlgani kabi Navoiy viloyatida ham toʻqsonbosti ekinlarni ekishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Koʻzlangan asosiy maqsad, nafaqat yurtimiz aholisining arzon va sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, balki xorijga mahsulot chiqarishni ham taʼminlashdan iborat.

Viloyatda 2021-yil hosili uchun 2127 gektar maydonga 2020-yilning avgust-sentyabr oylarida toʻqsonbosti usulida 286 gektar ochiq maydon va bogʻ orasiga piyoz va sarimsoqpiyoz hamda noyabr-dekabr oylarida 1841 gektarga eksportbop sabzavot ekinlari ekish rejalashtirilgan.

Ayni paytda ekinlar parvarishida ishlatiladigan texnikalar uchun 1 milliard 608 million soʻmlik 223 tonna yoqilgʻi-moylash materiallari, 4 milliard 239 million soʻmlik 0,6 tonna azotli, fosforli va kaliyli oʻgʻitlar zaxirasi zarurligi hisobga olinib, ularni yetkazib berish choralari koʻrilmoqda.

Ekinlardan olinadigan mahsulot hajmi 48 ming 526 tonnani tashkil etishi rejalashtirilgan boʻlib, shundan 4 ming 513 tonnasi eksportga va 44 ming 13 tonnasi aholi va bozorlarga yetkazib beriladi.