Navoiyda 16 nafar mas’ul shaxs jarimaga tortildi
Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarning holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Boshqarma Axborot xizmati xabariga ko‘ra, o‘rganish davomida Uchquduq, Xatirchi, Konimex, Qiziltepa tumanlari, Zarafshon va Navoiy shaharlarida mas’ul shaxslar tomonidan 2022 yil kuz va 2023 yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga e’tibor qaratilmaganligi va sug‘orilmaganligi aniqlangan.
O‘z vaqtida sug‘orilmagan, agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmagani oqibatida daraxt nihollari qurib qolgan. Davlat inspektorlari tomonidan 16 nafar mas’ul shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 52,5 million so‘m miqdorda jarima belgilandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA