French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda 15 metrlik oʻraga tushib ketgan qizaloq qutqarib qolindi
11:34 / 2019-12-01

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 3 yoshli qizaloq 15 metr chuqurlikdagi oʻradan olib chiqilgan.


Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 3 yoshli qizaloq 15 metr chuqurlikdagi oʻradan olib chiqilgan.

“Joriy yilning 30-noyabr kuni Navoiy viloyati Zarafshon shahrida joylashgan “Miraj-1” bogʻdorchilik dala hovlilarida yashovchi Lobar Mardova Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qoʻngʻiroq qilib, Vishnyova koʻchasi 94-uyning orqa tomonidagi oqava suvlarini tortib olish uchun moʻljallangan 15 metr chuqurlikdagi oʻraga, 2016-yilda tugʻilgan Dilnoza Maqsudova tushib ketganligini aytib uni chuqurdan olib chiqishda yordam soʻrab murojaat qildi“, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, voqea joyiga Zarafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik T.Yeshmuratov boshchiligida guruh yetib borgan va ular zudlik bilan chuqurlik atrofi hamda oʻraning tuproq devorlari mustahkamligi oʻrganib chiqishgan. Shundan soʻng leytenant U.Xusanov arqon yordamida chuqurlikka tushirilgan va qizaloq arqon yordamida sogʻ-salomat yuqoriga olib chiqilgan.

Koʻzdan kechirilganda qizaloq sogʻ-salomat ekanligi aniqlangan va unga psixologik yordam koʻrsatilgan. Bolani qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazish uchun Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga joʻnatilgan. Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda u sogʻ-salomat, ota-onasi bagʻrida.