Navoiyda 1 gektar yer 20 000 AQSH dollarga baholandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.E. boshqa bir fuqaro J.ning ishonchiga kirib, unga 20 000 AQSH dollari evaziga tanishlari orqali Konimex tumani hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 1 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilib, oldindan 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA