Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navoiyazot” AJ: ishlab chiqarish hajmi ortmoqda
08:31 / 2023-05-27

Mamlakatimizda har yili may oyining oxirgi yakshanbasi “Kimyogarlar kuni” sifatida keng nishonlanadi. Ushbu kun munosabati bilan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida bayram tadbiri tashkil etildi.

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari – korxona bosh direktori Odil Temirov, Navoiy shahar hokimi Muratxan Egamqulov so‘zga chiqib, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning samarasi haqida to‘xtaldi.  

Mamlakatimizda yetakchi bo‘lgan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda jadal rivojlanmoqda. Korxona ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, zamonaviy, ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, yangi istiqbolli bozorlarni zabt etish orqali mintaqada o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, mamlakatimizda tayyorlanayotgan mineral o‘g‘itlarning 43,2 foizi aynan navoiylik kimyogarlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bugungi kunda korxonada faoliyat olib borayotgan 8700 nafardan ziyod kimyo sanoati xodimlarining 3500 nafardan ortig‘ini xotin-qizlar, 1500 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.  

Hozirgi kunda bu yerda 70 turdan ortiq kimyoviy mahsulot va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqariladi. Ularning 21 turi Yevropaning 15 ga yaqin, Osiyoning 10 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

2022 yilda “Navoiyazot” AJ negizida sulfat kislotasi hamda karbamid-formaldegid smolasi ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi.

2022 yilda mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha o‘sish sur’ati 2021 yilga nisbatan 105,1 foizni tashkil etdi. Investitsiya dasturi doirasida 147 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtirilib, 100 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

Tadbirda bir guruh soha fidoyilari “Faxriy yorliq”, “Tashakkurnoma” va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA