Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligi oshiriladi
11:19 / 2026-02-10

O‘zbekistonda transport infratuzilmasini rivojlantirish va havo qatnovlari samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda.

Shu yunalishda 2026 yil 9 fevralda “Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, aeroportda loyihaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish orqali 2030 yilga qadar qator asosiy ko‘rsatkichlarga erishish rejalashtirilgan.  

Xususan, parvozlar soni 2,3 barobarga oshirilib, yiliga 7 mingtaga yetkaziladi. Yo‘lovchi tashish hajmi 150 ming nafarga, yuk tashish esa 45 ming tonnagacha ko‘paytirilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ “Uzbekistan Airports” AJning markazlashgan operativ boshqaruv tizimidan ajratilib, uning faoliyatiga loyihaviy boshqaruv asoslari joriy etiladi.

Qaror bilan aeroport ijro etuvchi organiga qator mustaqil vakolatlar berildi. Jumladan, o‘z daromadlari hisobidan aviatsiya xizmatlari eksportini kengaytirishga qaratilgan qo‘shimcha xizmat turlarini joriy etish, shuningdek, havo kemalariga aviayonilg‘i quyish va xorijiy aviatashuvchilar olib kelgan aviayonilg‘ini saqlash bo‘yicha jahon aviatsiya bozori kon’yunkturasiga mos tariflarni belgilash huquqi taqdim etildi.

Hamroz Bayanov, O‘zA