Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi
19:16 / 2017-09-18

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 70-umumta’lim maktabida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi “Yoshlar qanoti” va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamkorligida “Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 70-umumta’lim maktabida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi “Yoshlar qanoti” va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamkorligida “Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari V.Fayziyeva va boshqalar mamlakatimizda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish, uning yuksak insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan asarlari mazmun-mohiyatini navqiron avlod ongiga singdirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

“Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovi bu boradagi yirik loyihalardan biri bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida"gi farmoyishi ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.

– Sharq adabiyoti, xususan, o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida Alisher Navoiyning ijodiy faoliyati o‘zining serqirraligi bilan alohida o‘rin tutadi, – deydi Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bosh metodisti Gulchehra Mamanboyeva. – Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va ulug‘ligini anglash tuyg‘usi xalqimiz ongu shuuriga, qalbiga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Zero, Navoiyni anglash, uning falsafiy, axloqiy, madaniy-ma’rifiy mushohadalarga boy asarlarini o‘qish va tushunishning o‘zi ulkan saodatdir. Navoiyning betakror asarlari, g‘azallari mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga chuqur singdirish bugungi globallashuv davrida har qachongidan-da muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad Navoiy ijodini tom ma’noda xalq mulkiga aylantirish hamda xalq ta’limi tizimida jonbozlik ko‘rsatayotgan ona tili va adabiyot o‘qituvchilari, a’lochi o‘quvchilarni rag‘batlantirishdan iboratdir.

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari eng ko‘p g‘azal yod olish, g‘azalni bexato va ifodali o‘qib berish, g‘azal matnining nasriy bayoni (yozma sharhi)ni yarata olish hamda g‘azal matnidagi tushunish qiyin bo‘lgan so‘zlarni izohlash kabi shartlar bo‘yicha o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Sergeli tumanidagi 266-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Gulbahor Olimova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘oliblariga sovg‘alar topshirildi.