English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyatiga rossiyalik ishbilarmonlar tashrif buyurdi
20:26 / 2022-12-16

Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyati gubernatori Anatoliy Burkov rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Omsk viloyati vazirlik va idoralari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hududlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, agrar, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun shartnoma va bitimlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. 

Jumladan, N. Tursunov mehmonlarga viloyatning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, intermodal logistika imkoniyatlari, agrar sohada amalga oshirilayotgan loyihalar haqida qisqacha so‘zlab berdi.  

O‘z navbatida Omsk viloyati gubernatori o‘zaro hamkorlik har ikkala tomon uchun manfaatli bo‘lishini ta’kidlab, Navoiyga ko‘p sonli delegatsiya bilan kelishdan maqsad ham aniq istiqbolli kelishuvlarga erishish ekanligini qayd etdi.  

Omsk delegatsiyasi vakillarining kun tartibidan "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasidagi yirik ob’ektlar, "Zarafshan Grand Boglari“ issiqxona xo‘jaligi, "Navpromlitmash", "Tiancheng Stone", "Gidro-Stanko-Servis" korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari hamda Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti faoliyati bilan tanishish masalalari o‘rin olgan.  

Eslatib o‘tamiz, ikkala hudud rahbarlari joriy yil aprel oyida poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan «INNOPROM. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida uchrashib, o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish borasida muzokaralar olish borishgandi.  

Bektemir Pirnafasov,  

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari.