Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyatidagi shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi – Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi bitimi deb topildi
18:17 / 2023-01-10

Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari "Masdar“ kompaniyasining Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi ”PFI Awards" tomonidan Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi bitimi, deb topildi.

Qayd etish joizki, elektr stansiyasini qurish loyihasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va «Masdar» kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari asosida amalga oshirilmoqda.  

Shartnoma "Masdar" kompaniyasiga 25 yil davomida elektr stansiyasini moliyalashtirish, loyihalash, qurish va ishlatishni ko‘zda tutadi.  

Loyihani amalga oshirish uchun 600 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi rejalashtirilgan. Stansiya ishga tushirilgach, yiliga 545 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Karbonat angidrid chiqindilarini 1,1 million tonnaga kamaytirib, yiliga 500 ming xonadonning iste’moliga teng bo‘lgan 1,6 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarishni ta’minlaydi.  

Investitsiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2026 yilga borib elektr energiyasi ishlab chiqarishning umumiy hajmida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 25 foizga yetkazish bo‘yicha belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan.  

Ushbu mukofotni olish investitsiya loyihasining murakkabligi va uning barcha ishtirokchilarining makroiqtisodiy o‘zgaruvchan davrda birgalikdagi sa’y-harakatlarining umumjahon e’tirofidir, deyiladi vazirlik xabarida.  

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, PFI (Project Finance International) eng nufuzli mukofotlardan biri bo‘lib, har yili Yevropa, AQSH, Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikadagi loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha eng yaxshi operatsiyalar uchun beriladi.  

O‘zA