Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyatidagi maktab ham «Spark» avtomobili bilan taqdirlandi
18:02 / 2021-04-08

«Bir million dasturchi» loyihasi doirasida bitiruvchilar salmog‘i bo‘yicha yuqori natijalarni ko‘rsatgan Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 2-son umumta’lim maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi – «Spark» avtomobili bilan taqdirlandi.

Tadbirda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov, xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov, Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Ya.Dushanov hamda Karmana tumani hokimi F.Umarov ishtirok etdi.

bugungi kunda yoshlar orasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ommalashtirish, shuningdek, aholining barcha qatlamlari orasida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Onlayn va virtual o‘qitish texnologiyalarini joriy etish, bu borada yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun respublikamizda «Bir million dasturchi» kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu esa, kelajak avlodning intellektual salohiyatini oshirish, jahon yoshlari bilan tengma-teng bellasha oladigan kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

«Bir million dasturchi» (One Million Uzbek Coders) loyihasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklarining “Dubai Future Foundation” jamg‘armasi tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinmoqda.

– Joriy yil mart oyi yakuniga ko‘ra, respublika miqyosida uzbekcoders.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tib «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida ta’lim olayotganlar soni jami 200 ming nafardan ortiqni tashkil etdi, – dedi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov. – Shu jumladan, ulardan 81 ming nafardan ortig‘i ishtirokchi va 50 ming nafardan ortig‘i bitiruvchi sertifikatini qo‘lga kiritdi. Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab masalalarni yechish imkoni yaratiladi.

Hududlar kesimida uzbekcoders.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tganlar soni bo‘yicha Navoiy viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri yetakchilik qilib kelmoqda. Tahlil natijalariga ko‘ra umumta’lim maktab o‘quvchilari jami loyiha ishtirokchilari orasida 67,2 foiz bilan yetakchi hisoblanadi.

2021 yildan boshlab xalqaro IT sertifikatlarini qo‘lga kiritgan yoshlarga xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

O‘zA