Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyatida soat 12:00 ga qadar umumiy saylovchilarning 56,5 foizi ovoz berib bo‘ldi
15:18 / 2023-07-09

5-Navoiy okrug saylov komissiyasida komissiya raisi Nazira Tog‘ayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov jarayonlari viloyatdagi 413 saylov uchastkasida ertalab soat 08:00 dan boshlandi.

Viloyatda jami 635 ming 793 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 51 foizini ayollar tashkil etadi. Nogironligi bor saylovchilar soni 16 ming 309 nafar, 70 yoshdan yuqori bo‘lgan keksa saylovchilar esa 31 ming 396 nafarni tashkil etadi. Bu yilgi saylovda 18-30 yoshdagi yoshlar 157 ming 316 nafarni tashkil etib, shundan 5 ming 710 nafari ilk bor saylovda ishtirok etmoqda. Shuningdek, 13 ming 590 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan.  

[gallery-12666]

Viloyatdagi 22 saylov uchastkalarida saylov jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniyati mavjud. Viloyatning olis hududlarida yashovchi fuqarolarning saylovda ishtirok etishlari uchun ham qulay sharoitlar yaratilgan.  

Bugun soat 12:00 ga qadar viloyatdagi saylov uchastkalariga jami 359 ming 945 nafar saylovchi kelib, o‘zi istagan nomzodga ovoz berdi. Bu umumiy saylovchilarning 56,5 foizini tashkil etadi.  

Shuningdek, Navoiy viloyatida saylovga tayyorgarlik ko‘rish va bevosita ovoz berish jarayonlarini kuzatish uchun xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning vakillari tashrif buyurgan. Ular ayni damda saylov uchastkalarida bo‘lib, jarayonlarni kuzatmoqda.

Saylov jarayonlari viloyatda uyushqoqlik bilan davom etyapti.  

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA.