English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyatida ham yangi tizim joriy etildi
17:16 / 2023-01-04

Prezidentimizning 2022 yil 30 dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab yurtimizdagi 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratildi.

Jumladan, Navoiy viloyatida 1-toifaga Navoiy shahri, 2-toifaga Zarafshon shahri, Karmana, Navbahor va Uchquduq tumanlari, 3-toifaga G‘ozg‘on shahri, Qiziltepa va Nurota tumanlari, 4-toifaga Konimex va Xatirchi tumanlari hamda 5-toifaga Tomdi tumani kiritildi.  

Toifaga qarab bu tuman va shaharlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.  

Shuningdek, Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar davlat bog‘chalarida bola ta’minoti uchun to‘lovlar hududlarning toifasidan kelib chiqib, 4- va 5-toifadagi tumanlarda 50 foiz, 3-toifadagi tumanlarda  30 foizga kamaytirildi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA