Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyatida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida ayollar sport festivali bo‘lib o‘tdi
17:27 / 2017-08-09

Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi munosabati bilan viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan festivalda 10 jamoa ishtirok etdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish orqali ularning salomatligini mustahkamlash, oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Ishtirokchilar sportning yengil atletika, voleybol, stol tennisi, suzish, shaxmat va darts turlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Navoiy shahri jamoasi birinchi, Navbahor tumani sportchilari ikkinchi, Xatirchi tumani xotin-qizlari uchinchi o‘rinni egalladi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.