Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyatida 27 ko‘chmas mulk xususiylashtirildi
18:54 / 2023-08-09

Kundan kunga ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan talab ortmoqda. Bu esa ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoyalashni talab etadi. Jumladan, 2021 yil 15 noyabrda “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish qoidalari belgilab berildi.

Ko‘chmas mulk egalari tomonidan xususiylashtirish uchun 715 ariza kelib tushgan bo‘lib, Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi tuman (shahar) filiallari tomonidan 98 ta arizaga ijobiy xulosa berilgan. 617 ta arizaga esa xususiylashtirish normalariga zid bo‘lganligi sababli rad javobi berilgan.  

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari hamda tuman (shahar) qurilish bo‘limlari bilan birgalikda mutanosib ravishda 50 ariza ijobiy xulosa olgan. Undan 23 ariza mualliflari to‘lov to‘lashdan bosh tortgan. 27 ta ariza mualliflariga esa xususiylashtirish to‘g‘risida order shakllantirib berilgan.  

Qonun talablarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan qonunosti hujjatlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk egasi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz sayti orqali mulkni xususiylashtirish uchun ariza beradi. Ariza bergan kundan real vaqt rejimida ariza tuman (shahar) qurilish bo‘limi, Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun “Yer xususiylashtirish” AAT ga yuboriladi.  

– Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari hamda tuman (shahar) qurilish bo‘limlari parallel ravishda 5 ish kunida tekshirish ishlarini olib boradi, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Yerlarni auksion savdolariga chiqarish sho‘’ba boshlig‘i Shuhrat Abduhalimov. – Bunda Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligini, xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi huquq egasi haqidagi ma’lumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligini, xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi va yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralari, kadastr hujjatlari bilan mosligini tekshiradi. Shuningdek, arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha “Yer xususiylashtirish” AAT orqali kelishadi.  

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari avtomatik ravishda arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ariza kelishilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan xabarnomani shakllantiradi va uni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazi orqali ariza beruvchiga yuboradi.  

Ariza kelishilgan taqdirda “Yer xususiylashtirish” AAT ma’lumotlari asosida yer uchastkasini sotib olish uchun hisob varaqni shakllantiradi va xabarnomaga ilova qiladi hamda to‘langan mablag‘lar hisobini yuritadi.  

Ariza beruvchi yer uchastkasini sotib olish qiymatining to‘lovini 10 ish kunida amalga oshiradi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA