Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyatida 247 nafar pedagogga ustama belgilandi
10:56 / 2026-01-20

Yurtimizda ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida manzilli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va yuqori natija qayd etgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimi ana shunday chora-tadbirlardan biridir.

2025 yilning avgust–dekabr oylarida o‘tkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlariga ko‘ra, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan yoki uni saqlab qolgan hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilar ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur ro‘yxatga asosan Navoiy viloyatidan jami 247 nafar pedagogga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 70 foizlik ustama belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ta’kidlanishicha, ushbu rag‘batlantirish chorasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 48-bandiga muvofiq amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, attestatsiya jarayonlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagoglarga oylik ish haqiga qo‘shimcha ravishda 70 foiz ustama to‘lanishi nazarda tutilgan.

Ushbu qaror pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga mas’uliyat bilan yondashishini kuchaytirish hamda sohaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, Navoiy viloyatidagi 247 nafar pedagogning yuqori natija qayd etgani hududda ta’lim sifati izchil ravishda yuksalib borayotganidan dalolat beradi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri