Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:04 / 2025-12-09

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida Navoiy davlat universiteti Tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda “Siene and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Globallashuv jarayonida zamonaviy tilshunoslikning fan, ta’lim va amaliyot bilan integratsiyasi: yangi yondashuvlar, imkoniyatlar va muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda tilshunoslikning ta’lim tizimi bilan uyg‘unlashuvi, global tendensiyalarning lingvistik tadqiqotlarga ta’siri, yangi ilmiy metodlar va ularning samaradorligi, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish mexanizmlari kabi masalalar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

***

Nurota tumani Jarma mahallasi Oqqula qishlog‘ida joylashgan 12-umumta’lim maktabida sun’iy qoplamali o‘yingoh foydalanishga topshirildi.

Ushbu sport maydoni “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida qurildi.

Mahalla nuroniylari va yoshlar ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqanlar “Tashabbusli byudjet” loyihasi tufayli hudud infratuzilmasi bosqichma-bosqich yaxshilanayotgani, maktab va mahalla yoshlari uchun yangi imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidlashdi.

Tadbir yakunida ramziy lenta kesilib, yosh futbolchilar ishtirokida ilk ko‘rgazmali o‘yin tashkil etildi. 

***

Nurota tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida“GLOBAL F-S ASADYeMY” o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi. 

Quvvati 120 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur ta’lim maskanida xorijiy tillar bilan birga tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha ham qo‘shimcha ta’lim xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Loyiha Yoshlar agentligi tashabbusi bilan agentlik huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari asosida “Ko‘mak+Imkoniyat” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri