Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
11:36 / 2025-11-12

Navbahor tumanida “Navbahor tomorqa xizmati” MCHJ tomonidan mahalliy investitsiya hisobiga qishloq xo‘jaligi sohasida samarali loyiha amalga oshirilmoqda.

2023 yilda 10 milliard so‘mlik investitsiya evaziga 80 ming dona tuxum yo‘nalishidagi parrandachilik loyihasining birinchi bosqichi ishga tushirilgan edi. Joriy yilda loyihaning ikkinchi bosqichi amalga oshirilib, umumiy hisobda 160 ming bosh tovuq parvarishlanmoqda. Loyiha doirasida 30 dan ortiq mahalliy fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.

Hozirgi kunda korxonada kuniga o‘rtacha 130 ming dona tuxum yetishtirilib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda.

 2026 yilda korxonada yetishtirilayotgan tuxumlarni Afg‘oniston bozoriga eksport qilish rejalashtirilgan.

***

Navbahor tumanida faoliyat olib borayotgan Turkiyaning “Mengi tekstil” xorijiy korxonasi 2021-2022 yillarda 3 million AQSH dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga tashkil etilgan bo‘lib, u yerda trikotaj mahsulotlari hamda poyabzal ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar asosan Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinadi. Joriy yil boshidan buyon korxona tomonidan taxminan 6,5 million dollarlik mahsulotlar eksport qilingan bo‘lib, yil yakuniga qadar yana 1 million dollarlik eksportni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda korxonada 400 dan ortiq xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan. 

***

Navbahor tuman madaniyat bo‘limida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Navoiy viloyati hududiy filiali tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini targ‘ib qilish maqsadida tadbir tashkil etildi. 

Unda ishtirokchilarga mehnat migratsiyasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, hukumat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlar, xorijda ishlashning qonuniy mexanizmlari haqida batafsil tushunchalar berildi. 

Shuningdek, fuqarolarni noqonuniy mehnat migratsiyasi xavflari, ularning oldini olish yo‘llari hamda chet elda ishlovchi yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA