English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:25 / 2025-10-03

2025 yil sentyabr oyida “Navoiyuran” davlat korxonasi “Orano Group” (Fransiya) va “ITOCHU Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirgan holda “Nurlikum Mining” qo‘shma korxonasi doirasidagi sheriklikni rivojlantirish jarayonini yakunladi.

Korxona axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur o‘zgarishlar 2025 yil 10 mart kuni Parij shahrida imzolangan bitimga asoslangan bo‘lib, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida joylashgan “Janubiy Jongeldi” uran konini sanoat miqyosida o‘zlashtirishga yo‘l ochadi.

Yangilangan tuzilma bo‘yicha “Navoiyuran” DK va “Orano Group” qo‘shma korxonasi 45 foizdan ulushga ega bo‘ldi. Yaponiyaning “ITOCHU Corporation” esa qolgan ulush bilan loyiha ishtirokchisiga aylandi. Loyiha “Navoiyuran” DKning mavjud ishlab chiqarish bazasiga integratsiya qilinadi va kompaniya operatsion boshqaruvchi sifatida faoliyat yuritadi. Bu qaror ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan.

“Janubiy Jongeldi” loyihasi 10 yil davomida barqaror ishlab chiqarish imkonini berishi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga o‘rtacha 500 tonna uran ishlab chiqarilishi, eng yuqori darajada esa 700 tonnagacha yetishi mumkin.

***

Shu kunlarda hududlarda “Qizlar ovozi” klubining tuman va shahar koordinatorlari saylovi o‘tkazilmoqda. 

Jumladan, klubning Nurota tumani koordinatorlari saylovi jarayonida ishtirok etgan nomzodlar orasidan besh yo‘nalish bo‘yicha eng munosib koordinatorlar saralab olinib, klub faoliyatini yanada samarali tashkil etish, qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga unday oladigan nomzodlarga alohida e’tibor qaratildi.

Endilikda yangi koordinatorlar yoshlar o‘rtasida turli madaniy, ijodiy va ma’naviy loyihalarni amalga oshirib, qizlarning qobiliyatini kengroq namoyon etishlariga yordam beradi.

Yangi saylangan koordinatorlarga ishonch yorliqlari topshirildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri