Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
16:46 / 2025-04-18

Navoiy viloyat sudining raisi Abdullo Allayev va viloyat ma’muriy sudining raisi Akmal Murodovlar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari bilan birgalikda Navbahor tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning 4 ta jinoyat, 3 ta fuqarolik, 1 ta iqtisodiy ishlar bo‘yicha qilgan murojaatlari ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2 nafar shaxs sud hukmi bilan tayinlangan jazodan muddatidan avval shartli ozod qilindi.

***

Navoiy shahar IIB Probatsiya bo‘limi tashabbusi bilan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida probatsiya nazoratida bo‘lgan fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish va mehnat bozoriga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda 4 nafar fuqaro shu joyning o‘zida ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, qolgan ishtirokchilarga esa ish qidirish, kasbga yo‘naltirish va mehnatga oid qonunchilik yuzasidan maslahatlar berildi.

***

Karmana tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchi jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni 22-umumta’lim maktabi jamoasi, 2-o‘rinni 9-umumta’lim maktabi jamoasi va 3-o‘rinni 4-umumta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi va viloyat bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi. 

G‘olib va sovrindor jamoalar hamda faol ishtirokchilar diplom, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

***

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik hamda vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida “Yosh chegarachilar” harbiy sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. 

Murosasiz kechgan musobaqada Zarafshon shahrining “Shijoat” jamoasi 1- , Uchquduq tumanining “Qalqon” jamoasi 2- va Konimex tumanining “Temur vorislari” jamoasi 3-o‘rinni egalladi. 

Barcha g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.

[gallery-22891]

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA muxbiri